“DANCE SHOW” – “RAQSLAR GULDASTASI”  TANLOVI

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash hamda talabalarni madaniyat va san’atga bo‘lgan qizikishlarini oshirish,  ularning bo‘sh vaqtlarini  mazmunli tashkil etish maqsadida Andijon davlat tibbiyot insituti qoshidagi akademik litseyda “Dance show” – “Raqslar guldastasi” tanlovi o‘tkazildi.

Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi O‘g‘ilxon Sobirovna Po‘latova rahbarligida o‘tgan tanlovda davolash, farmatsiya, stomatologiya, pediatriya, kasbiy ta’lim 1-, 2-, 3-, 5-kurslari hamda 1-kurs magistratura yo‘nalishidan raqs san’atiga ishtiyoqi biland talabar ishtirok etdi.

Iste’dodli yoshlarning chiqishlarini Xorijiy tillar kafedrasining professor-o‘qituvchilari bilan birga Andijon ixtisoslashtirilgan san’at maktabining baletmeysterlari baholab borishdi.

Tadbir davlat madhiyasini kuylash bilan boshlandi. “Dance show”ning ilk chiqishini “Harbiy” gurux talabalari boshlab berishdi.

“Oq qushlar” jamoasi tayyorlab kelgan vals tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Raqslar tanlovi ishtirokchilari buxorocha, xorazmcha va boshqa milliy raqslar bilan qatnashdilar. Ispancha raqs bilan “Sabo” guruxi barchani xursand qildi.

Tanlov davomida gitarada jonli ijro yo‘nalishida “Do‘stlar” jamoasi chiqishlari barchani birga jo‘r bo‘lib kuylashga chorladi.

Dastur davomida Andijon davlat tibbiyot insituti faxri bo‘lmish “Ulfatlar” jamoasi o‘z sahna ko‘rinishlari bilan qatnashdilar. Qiziqarli tarzda o‘tgan tanlov yakuniga ko‘ra juftliklar raqsi yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni “Oq qushlar” guruxi qatnashchilari egalladilar.        2-o‘rinni “Mamalend”  guruhi, 3-o‘rinni “Sabo” va ”Lobar” guruhlari egalladi.

Jamoaviy raqs yo‘nalishi bo‘yicha ”Tabassum” guruxi g‘oliblar qatorida bo‘ldi. Gitarada jonli ijro yo‘nalishi bo‘yicha ”Do‘stlar” guruhi g‘olib bo‘ldi.

Barcha ishtirokchilar faxriy yorliqlar va pul yutuqlari bilan taqdirlandilar. “Ulfatlar” va “Harbiylar” jamoasiga raqslar tanlovida faol ishtiroki uchun fahriy yorliq bilan taqdirlandi.

Tanlovni o‘tkazishda, g‘oliblarni rag‘batlantirishda amaliy yordam bergan institutimiz rektori M.M.Madazimovga butun kafedra va talabalar tomonidan minnatdorchilik bildirildi.

“Dance show“ – “Raqslar guldastasi” tanlovi yoshlarga o‘z iste’dodini namoyish etishga imkon yaratish bilan birga ularning mazmunli va maroqli dam olishlariga ham ko‘mak berdi.

N.Mamatova,

ADTI xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi

538