alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DAVLAT RAHBARINING MASLAHATCHISI RAISLIGIDA O‘TGAN VIDEOSELEKTOR YIG‘ILISHIDA BELGILAB BERILGAN VAZIFALAR IJROSI YUZASIDAN REKTOR YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

13:22 11.05.2021

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A. Abduvaxitov raisligida mahalla bilan ishlashning yangi tizimini joriy etiish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha rektor rahbarligida dekan va uning o‘rinbosarlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Ilmiy kengashlar zalida o‘tgan mazkur yig‘ilish “Mahallalarda nima ishlar amalga oshirildi va qanday takliflar bor?” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori M. Madazimov hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor M. Botirov ishtirok etdi. Yig‘ilishda Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan mahallalarda qanday ishlar amalga oshirilayotganligi, o‘tkazilayotgan to‘garaklar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning sifat darajasi, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rib chiqildi. Taklif va mulohazalar o‘rganilib, amaliyotga tadbiq etish rejalari belgilab olindi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!