alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DAVLAT RAHBARINING OTM REKTORLARI BILAN O‘TKAZGAN VIDEOSELEKTOR YIG‘ILISHI YUZASIDAN ILMIY KENGASH O‘TKAZILDI

14:55 30.06.2021

DAVLAT RAHBARINING OTM REKTORLARI BILAN O‘TKAZGAN VIDEOSELEKTOR YIG‘ILISHI YUZASIDAN ILMIY KENGASH O‘TKAZILDI

Bugun ilmiy kengashlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyun kuni OTM rektorlari bilan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar va Davlat rahbarining Andijon viloyatiga tashrifi yakunida o‘tkazilgan yig‘ilishda ADTI oldiga qo‘yilgan vazifalar to‘g‘risida hamda Respublikadagi va viloyatdagi epidemiologik holat bo’yicha ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Dastavval institut rektori “Yoshlar kuni” munosabati bilan viloyat xokimi stipendiyasiga sazovor bo‘lgan 8 nafar talabani tabrikladi. OTM rektorlari bilan o‘tkazilgan hamda Prezidentimizning Andijon viloyatiga tashrifi yakunida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda institutga belgilab bergan vazifalar bilan tanishtirib, mas’ul xodimlarga taklif va topshiriqlar berdi.

O‘quv  ishlar bo’yicha prorektor v.v.b. B. Abdullajonov va B. Mirzakarimov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘. Xodjimatov o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha hisobot ma’ruzalarini o‘qidilar. Shuningdek, fakultet dekanlari institut fakultetlarida 2020-2021-o‘quv yili yakuni va 2021-2022-o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha ma’lumot berdilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!