alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“DAVLAT RAMZLARI – FAXRIMIZ VA IFTIXORIMIZ!” MAVZUSIDA TADBIR TASHKIL ETILDI

11:43 02.07.2021

“DAVLAT RAMZLARI – FAXRIMIZ VA IFTIXORIMIZ!” MAVZUSIDA TADBIR TASHKIL ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 29 yilligiga bag‘ishlab “Davlat ramzlari – faxrimiz va iftixorimiz!” mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda Respublika ma’anaviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyat bo‘limi rahbari Murodjon G‘ofurov hamda institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Mirzohid Botirov ishtirok etdi. Unda Vatan, uni yurakdan his etish, Davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish borasida fikrlar bildirildi. Talabalar ham Davlat gerbi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keltirib o‘tdilar. Tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga M. G‘ofurov kitob jamlanmalarini taqdim etdi.