DAVLAT TIBBIY SUG‘URTASI MEXANIZMLARI BO‘YICHA O‘QUV SEMINARI O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DAVLAT TIBBIY SUG‘URTASI MEXANIZMLARI BO‘YICHA O‘QUV SEMINARI O‘TKAZILDI

13:43 07.10.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi “Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” to‘g‘risidagi PQ-311-sonli Qarori ijrosi bo‘yicha institutning barcha klinik kafedralari professor-o‘qituvchilariga o‘quv seminar o‘tkazildi.

Unda Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari M.Ergasheva, matbuot kotibi bo‘lim mudiri S.Shoyeva, Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi Andijon hududiy bo‘limi boshlig‘i Sh.Boltaboyev ishtirok etishdi.

Yig‘ilishni Davolash (amaliyot) ishlari prorektori B.Mirzakarimov olib bordi va hozirda viloyatda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida qisqacha tushuntirish berib o‘tdi. Shuningdek, mutaxassislar aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini respublikaning barcha hududlarida joriy qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlari va uning tartib qoidalari bo‘yicha tushunchalar berib o‘tishdi, hamda yig‘ilish qatnashchilarini qiziqtirgan savollariga javoblar berishdi.

Skip to content