Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«Bu yil O‘zbekistonda suv tanqisligi 2008 yilgi og‘ir ko‘rsatkichga tushish ehtimoli mavjud» – Suv xo‘jaligi vazirligi

10:20 20.02.2021

Vazirlik matbuot xizmati rahbari Shuhrat Suyunov suhbat davomida 2021 yilda kutilayotgan suv tanqisligini yumshatish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ham ma’lumot berdi.

Qishloq xo‘jaligi, dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligini suvsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Global iqlim o‘zgarishlari ta’sirida O‘zbekistondagi bu ne’mat tanqisligi yildan yilga ko‘proq sezilmoqda.

Bu yil O‘zbekistonda sug‘orma dehqonchilik uchun suv ta’minoti qanday bo‘ladi? Yog‘ingarchilik miqdori-chi? Dehqon, fermer, klaster va tomorqa yer egalari qanday sharoit va vaziyatlarga tayyor turishi kerak?

Kun.uz muxbiri shu kabi savollar bilan vazirlik matbuot xizmati rahbari Shuhrat Suyunovga yuzlandi.

Suyunovning vazirlik mutasaddilariga tayanib ma’lumot berishicha, gidrometeorologik vaziyat tahlili va dastlabki baholash natijalari 2021 yil vegetatsiya (o‘simliklarning o‘suv davri, aprel, sentabr oylari – tahr) davrida Amudaryo va Sirdaryo havzalarining aksariyat daryolarida suv sarfi me’yorga nisbatan sezilarli kamayishini ko‘rsatmoqda.

«Bu Farg‘ona vodiysi janubidagi daryolarda 90-100 foiz, Vaxsh, Zarafshonda 85-95 foiz, Surxondaryo, Norinda 80-90 foiz, Qashqadaryoda 75-85 foiz, Qoradaryo, Chirchiq, Ohangaronda 70-75 foiz, Farg‘ona vodiysi shimolidagi daryolarda 60-70 foiz degani.

Skip to content Click to listen highlighted text!