alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Dekan tinglovchilar huzurida

16:04 12.10.2019

Andijon davlat tibbiyot institutida Farg‘ona vodiydagi tibbiyot muassasalarning shifokorlari kasbiy malakasini oshirib qaytishadi. Institutda qo‘shni viloyatlardan kelgan tinglovchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetida taxsil olayotgan tinglovchilar institutning talabalar turar joyiga joylashtiriladi.

Tinglovchilar dekanatning doimiy e’tiborida. Kuni kecha VMO va QT fakulteti dekani Xotamjon Tursunov yotoqxonaga tashrif buyurdi va tinglovchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Tinglovchilar ta’lim jarayoni, mahorat va tajribalarini oshirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar uchun X.Tursunovga va institut ma’muriyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!