alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Delegatsiyaning Seuldagi tashrifi davom etmoqda

15:01 23.11.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti Gospital va klinik stomatologiya kafedrasi mudiri R.R.Raimjonov va kafedra assistenti N.A.Karimqulovlar 2019-yil 21-noyabr kuni Janubiy Koreyaning Seul shahriga yetib keldilar. Ular  Janubiy Koreyaning eng nufuzli 3 ta unversitetidan biri bo’lgan YONSEY  unversitetining stomatologiya fakultetiga tashrif  buyirdilar


Shuningdek  YONSEY  unversitetining stomatologiya klinikasini borib ko’rdilar. Hususan Ortopedik stomatologiya, dental implantologiya, og’iz va yuz jag’ jarrohligi, bolalar stomatologiyasi, ortodontiya, periodontologiya, yuz jag’ radiologiyasi, konservativ stomatologiya kafedralariga, markaziy dental laboratoriya va talabalar poliklinikasiga tashrif  buyurildi.


U yerdagi professor-o’qituvchilar bilan suhbat olib borildi. Ayniqsa  Ortopedik stomatologiya kafedrasi professori Keun Vu Li va Markaziy stomatologik laboratoriyaning mudiri professor Ji Hvan Kim bilan muzokaralar samarali bo’ldi. Unga ko’ra ADTI da integral maruzalar tashkil etish to’g’risida kelishib olindi.  Shuningdek talabalarni amaliyot o’tashi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. Delegatsiyaning Seulga tashrifi davom etmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!