alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“DENTAL IMPLANTOLOGIYA FUNDAMENTAL KURSI: DIAGNOSTIKA VA DAVOLASHNI REJALASHTIRISH” MAVZUSIDA VEBINAR SHAKLIDA MA’RUZA O’TKAZILDI

15:19 04.02.2021

Andijon davlat tibbyot instituti Jarrohlik stomatologiya kafedrasi va Toshkent davlat stomatologiya instituti xamkorligida “Dental implantologiya fundamental kursi: diagnostika va davolashni rejalashtirish”  mavzusida vebinar shaklida ma’ruza o’tkazildi.


Ushbu ma’ruzada Toshkent davlat stomatologiya instituti Jarrohlik stomatologiyasi va dental implantologiya kafedrasi assistentlari  O.A. Muqimov, A.A.Shodmonov va D.R. Isanovalar, Andijon davlat tibbyot instituti Jarrohlik stomatologiya kafedrasi tomonidan doktorant N.A.Karimqulovlar o’zlarining taqdimotlari bilan ishtirok etdilar. Ma’ruza davomida zamonaviy dental implantologiya asoslari, dental implantantlar turlari, dental implantologiyaga ko’rsatma va qarshi ko’rsatmalar,  bemorlarni tekshirish usullari va davolash rejasini tuzish buyicha muhim ma’lumotlar berildi.


Ma’ruzada ADTI stomatologiya fakulteti 4 va 5  kurs talabalari va onlayn tarzida TDSI magistrlari, klinik ordinator va stomatologiya fakulteti talabalari faol qatnashdilar.
Ma’ruza so’ngida mulyajlarda implantantlar o’rnatish maxorat darsi master klass shaklida  o’tkazildi. Maruza talabalarda   Dental implantologiya yo’nalishi bo’yicha bilimlarini rivojlantirishga katta yordam berdi, talabar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Shunday ma’ruzalarni o’quv yili davomida ikki tomonlama kelishilgan holda davomli tarda o’tkazib turish rejaga kiritildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!