alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“DIABETIK RETINOPATIYANI TASHXISLASH VA DAVOLASHGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR” MAVZUSIDA ILMIY-AMALIY ANJUMAN O‘TKAZILDI

09:53 22.06.2022

Andijon davlat tibbiyot institutining oftalmologiya, Andijon viloyati «Oftalmologlar jamiyati» hamda Gospital terapiya va endokrinologiya kafedralari tomonidan tashkillashtirilgan mazkur ilmiy-amaliy anjuman qandli diabet kasalligining oldini olish va davolash masalalariga bag‘ishlandi. Unda Oftalmologiya, Gospital terapiya va endokrinologiya  kafedralarining xodimlari, tayanch doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari va Andijon viloyati oftalmologlari ishtirok etdi.

Anjumanda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining “Oftalmologiya” kafedrasining professori Nargiza Normatova hamda Ukrainaning “Zinitsiya” Dnepr oftalmologik markazining lazer jarrohi, petinologi Vadim Pecheriy onlayn ma’ruza qildi. Ular qandli diabed kasalligining alomatlari, asoratlarining turlari, kasallik bilan ogʻrigan bemorlarda uzoq muddat qand miqdorining baland turishi natijasida koʻz kasalligi vujudga kelishi, bu esa koʻrish qobiliyatining pasayishiga va xattoki uning yoʻqolishiga ham olib kelishi mumkinligiga alohida ahamiyat qaratdilar.

Shuningdek, ma’ruza yuzasidan Andijon viloyati «Oftalmologlar jamiyati»ning raisi Sh.Qodirov va boshqa mutaxassislar o‘z fikrlarini bildirdilar.