“Diacnostic shampionship”(“Diagnostika chempionati”) intellektual o‘yini o‘tkazildi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot institutida “Diacnostic shampionship”(“Diagnostika chempionati”) intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Anesteziologiya- reanimatologiya, bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi kafedrasi mudiri t.f.n. dotsent Sherzod Toshboev, kafedra xodimlari  hamda 2-kurs magistri SHoxrux Ahmadaliev tashabbusi bilan tashkil etildi.

Intellektual o‘yinni o‘tkazishdan maqsad esa qatnashchilarning klinik fikrlashini rivojlantirish, raqobatdosh kadrlarni etishtirishga hissa qo‘shish, klinik, laborator va instrumental tashxislar natijalarini interpritatsiya qilishni o‘zlashtirish, to‘g‘ri va aniq tashxislashni o‘rganish, shifokorlik mas’uliyatini talabalikdan his qilishlariga zamin yaratish, ishtirokchilarni o‘z bilim va mahoratlarini baholay olishlariga qulay imkoniyat yaratishdan iborat bo‘ldi.

“Diagnostika ” chempionatida 5-6-kurs talabalari va magistrlardan iborat 2 ta jamoa ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Ishtirokchilar  tibbiyotga oid bir-biridan murakkab va qiziqarli bo‘lgan vaziyatli masalalarga to‘g‘ri tashxis qo‘yishib, tibbiyotning barcha yo‘nalishlarida o‘zlarining qay darajada bilimga ega ekanliklarini namoyon etdilar.

Intellektual o‘yin o‘zaro do‘stona va samimiy ruhda o‘tdi. Faol ishtirokchilarga  sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, g‘olib jamoaga  “THE BEST DIAGNOSTICIANTEAM” («Eng yaxshi tashxischilar jamoasi»)  nomli esdalik kubogi bilan taqdirlandi.

Dilafruz Sultonova.

“Tibbiyot gulshani” gazetasi muhbiri

231