Dilyorbek – xalqaro yurish musobaqasi g’olibi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot instituti Reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi o’qituvchisi Dilyorbek O’ktamov yana bir nufuzli xalqaro musobaqada ishtirok etib, yurtimiz, qolaversa institut sharafini munosib himoya qildi. U joriy yilning 14-16 sentyabr kunlari Qirg’iziston Respublikasining Bishkek shahrida o’tkazilgan xalqaro yurish musobaqasida muvaffaqiyatli qatnashdi. Dilyorbek 21 km masofaga yurish bellashuvida AQSh, Belarus, Rossiya, Ukraina, Hindiston, Qozog’iston, Tojikiston kabi o’ndan ortiq davlatlarning sportchilari bilan  musobaqalashib, faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdi hamda diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Yosh sportchimizni ushbu g’alaba bilan qizg’in tabriklab, xalqaro arenalarda unga hamisha omad va zafarlar yor bo’lishini tilab qolamiz.

 

 

205