(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DIQQАT, YANА BIR YANGI TАNLOV SIZ UCHUN!

20:00 05.04.2021

Ijodkor va sanʼat ixlosmandlari, siz uchun yana bir yangi imkoniyat. Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʼalabaning 76 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida “Gʼalaba bogʼi” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Urush xotiralarida” ijodiy ishlar koʼrik-tanlovini eʼlon qiladi. Mazkur koʼrik-tanlov Oʼzbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushidagi jasorati, sabr-matonati, mardligi, vatanparvarligini tarannum etuvchi rangtasvir, rassomchilik, amaliy-sanʼat, grafika, haykaltaroshlik, xalq amaliy sanʼati, bayon, insho, esse va hikoyalar yoʼnalishlari boʼyicha oʼtkaziladi. Unda institutimizning barcha professor-oʼqituvchi va talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar tanlov boshlanishidan 30 kun oldin “Gʼalaba bogʼi” yodgorlik majmuasiga quyidagilarni taqdim etishlari lozim:

–        tanlovda ishtirok etish uchun maʼlumotnoma;

–        pasport (ID-karta) nusxasi;

–        maʼlumoti toʼgʼrisidagi xujjat (diplom) nusxasi (mavjud boʼlsa);

–        oʼqish yoki ish joyidan berilgan ijodiy tavsifnoma va maʼlumotnoma;

–        3×4 oʼlchamdagi 1 ta va 9×12 oʼlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;

–        tanlovda ishtirok etayotgan tomonidan yaratilgan badiiy jihatdan hamda badiiy bezak va mantiqiy jihatdan toʼliq yakunlangan ijod namunasi (asar);

–        asarning orqa tarafiga muallifning ismi-sharifi, manzili, asarning nomi yozilib, yozma ijodiy ishlar konvertda ismi-sharifi, manzili yozilib, tashkiliy qoʼmitaga topshiriladi.

Yuqori baholangan ijodiy ishlar “Shon-sharaf” davlat muzeyi fondiga belgilangan tartibda eksponat sifatida qabul qilinadi. Tanlovda 1 ta Gran-pri, 1 ta 1-oʼrin, 2 ta 2-oʼrin, 3 ta 3-oʼrin va 10 ta ragʼbatlantiruvchi mukofotlar belgilangan. Gʼoliblar

Gran-pri – 55 dyumli televizor;

1-oʼrin – 49 dyumli televizor;

2-oʼrin – noutbuk;

3-oʼrin – planshet hamda diplom bilan taqdirlanadilar.

Tanlov ishtirokchilari mustaqil ravishda “Gʼalaba bogʼi” yodgorlik majmuasiga, 100069, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sagʼbon koʼchasi, 382-uy “tanlovga”deb yozib yuborishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok eting va gʼolib boʼling!