
Institutimizning iqtidorli va tashabbuskor talabalari uchun Startap tanlovi e’lon qilinmoqda!
Tanlovda ishtirok etish uchun o‘z innovatsion g‘oyalaringizni, loyihalaringizni yoki biznes dasturlaringizni taqdim etishingiz mumkin. Bu imkoniyat, nafaqat o‘z g‘oyalaringizni amalga oshirish balki, ularni mutaxassislar va investorlar oldida namoyish etish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Tanlovning asosiy shartlari:
- Ishtirokchilar: institut talabalaridan iborat jamoalar.
- Loyiha mavzusi: har qanday sohada – texnologiya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya va boshqalar.
- Arizalarni ushbu manzilga nestlefood2018@gmail.com 2025-yilning 23-mart kuniga qadar yuborishingiz mumkin.
- Taqdimot formatlari: PowerPoint taqdimotlari, prototiplar yoki boshqa shakllarda.
G‘olib jamoalar qimmatbaho sovg‘alar va stipendiyalar bilan taqdirlanadi. Shuningdek, ular o‘z loyihalarini rivojlantirish uchun mentorlik dasturlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Taqdimotingizni tayyorlashda yordam kerak bo‘lsa yoki savollaringiz bo’lsa, institutning ilmiy bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.
Sizning g‘oyalaringiz bizning kelajagimizni yaratadi! Keling, birgalikda innovatsion yechimlarni ishlab chiqamiz!
Barcha talabalarga omad tilaymiz!