alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DIQQAT E’LON! INSTITUTIMIZ AYOL-QIZLARI UCHUN “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YININING BAYRAM TURNIRI TASHKIL QILINMOQDA

11:37 24.02.2023

Andijon davlat tibbiyot institutida faoliyat olib borayotgan ayol professor-oʻqituvchilar, tyutorlar va xodimalar hamda institutimizning bakalavriat, magistratura bosqichi tahsil olayotgan talaba-qizlar diqqatiga!

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan institutning Xotin-qizlar maslahat kengashi, Kasaba uyushmasi, Yoshlar bilan ishlash hamda ma’naviyat va maʼrifat boʻlimi, Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti hamda “Zakovat” intellektual klubi sizlar uchun bayram turnirini tashkil qiladi.

Turnir 2 xil yoʻnalishda boʻlib oʻtadi:

  1. Institutimizda faoliyat olib borayotgan ayol professor-oʻqituvchilar, tyutorlar va xodimalar oʻrtasidagi jamoaviy turnir;
  2. Institutimizning bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan talaba-qizlar oʻrtasidagi yakkalik turnir.

Ayol professor-oʻqituvchilar, tyutorlar va xodimalar 6 nafar ishtirokchidan iborat jamoa tuzgan holda qatnasha oladilar. Bunda ulardan quyidagilar talab qilinadi:

  1. Jamoaga nom topish va jamoa sardori tayinlash;
  2. Jamoa tarkibidagi 6 nafar ishtirokchining har birini familiya, ismi, otasining ismi, institutdagi vazifasini yozgan holda (tyutor boʻlsa, qaysi fakultetga qarashli ekanligi, professor-oʻqituvchi boʻlsa, qaysi kafedradan ekanligi, xodima boʻlsa, qaysi boʻlimdan ekanligi yozilishi kerak) va jamoa sardori bilan bogʻlanishga qulay boʻlishi uchun jamoa sardorlari o‘zining telefon raqamini yuborishlari kerak.

Mazkur jamoaviy turnir 2-mart kuni soat 15⁰⁰ da institut asosiy binosida boshlanadi. Yakunda dastlabki 3 ta o‘rinni egallagan jamoalarning har bir a’zosi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Ushbu turnirlardagi savollar bayramona tarzda tuzilib, umumiy, barcha sohalarga oid qiziqarli, mantiqiy shakllarda bo‘ladi.

Bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan talaba-qizlar esa yakka tartibda qatnashadilar va ular quyidagi maʼlumotlarni yuborishlari kerak bo‘ladi:

  1. Talabaning familiyasi, ismi va otasining ismi;
  2. Tahsil oladigan guruh va yoʻnalishi;
  3. Telefon raqami.

Ushbu yakkalik turnir 3-mart kuni soat 16⁰⁰ da institut asosiy binosida boshlanadi. Yakunda eng yuqori 3 o‘rinni egallagan talaba-qizlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

Talaba-qizlarga aksariyat tibbiyotga aloqador, qiziqarli, mantiqiy savollar beriladi. Bunda tibbiyotga chuqur kirilmaydi.

Turnirlarda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish 1-mart soat 21⁰⁰ ga qadar davom etadi.

So‘ralgan barcha ma’lumotlarni yuborish va ro‘yxatdan o‘tish uchun institutning “Zakovat” klubi koordinatori @shoxjahon_abduraxmonov ga murojaat qiling.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!