DIQQAT, INSHOLAR TANLOVI!

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

                 Aziz talabalar, Andijon davlat tibbiyot institutida “MEN NECHUN SEVAMAN O‘ZBEKISTONNI” mavzusida insholar tanlovi o‘tkaziladi.

                Tanlovning 1-bosqichi oliy ta’lim muassasasi fakultetlari akademik guruhlari o‘rtasida joriy yil fevral oyining  uchinchi  o‘n kunligida, 2-bosqich  fakultetlararo  birinchi  bosqich g‘oliblari o‘rtasida mart oyining birinchi o‘n kunligida, 3-bosqich(yakuniy),  respublika oliy ta’lim muassasalari g‘oliblari o‘rtasida aprel oyining uchinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.

Tanlovning 1-va 2- bosqichida yuqori o‘rinni egallagan talabalar  maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar. Shuningdek, faol ishtirok etgan talabalarga faxriy yorliq topshiriladi.

Uchinchi bosqich g‘oliblari pul mukofotlari bilan rag‘batlantirilib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining faxriy yorlig‘iga ega bo‘ladilar. Talabalarning eng sara ijodiy ishlari matbuotda yoritiladi.

Insholar tanlovida qatnashing   va g‘olib bo‘ling!

 

Tashkiliy qo‘mita.                            

218