alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Diqqat MUROJAAT!! Ogoh Bo’ling!⚠️

16:46 10.01.2022

ADTI ma’muriyati

Hurmatli institut professor o’qituvchilari hamda talabalari!

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etish ustidan nazorat kuchaytirilmoqda.

Shu sababli sizlarni ogohlikka chaqiramiz. ⚠️

Aholini to‘liq emlash va buster doza bilan emlash ishlari jadallashtiriladi.
Ma’lum bo‘lishicha, mamlakatimizga kelgan xorijiy davlat fuqarosidan COVID-19ning yangi Omicron shtammi joriy yilning 7-yanvar kuni aniqlangan. 

Shuni yodda tuting!
Institutning barcha hodimlari emlangandan so‘ng ish joylariga kiritishga ruxsat beriladi.
Mazkur tartibni hodimlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qat’iy chora ko‘riladi!

Institutimiz talabalari sizlarni qishki ta’til davomida koronavirus infeksiyasiga qarshi to‘liq emlash choralari ko‘riladi.
Ushbu tadbirlarga Oliy ta’lim vazirligi tomonidan OTM rahbarlari shaxsan mas’ul etib belgilandi.
Talabalar qishki ta’til davridan unumli foydalangan holda infeksiyaga qarshi emlanish jarayonini o’tkazishingizni so’raymiz!

Ushbu kasallikga qarshi barchamiz birdek kurashsak albatta natijasi yaxshi bo’ladi.
Keling azizlar biz namuna bo’laylik!

ADTI matbuot xizmati

🔗 Website  | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube