alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DIQQAT TANLOV!

17:11 11.01.2023

Aziz talaba-yoshlar!

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari uchun  14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan  “Vatanga sadoqat – muqaddasdir” nomli onlayn videoroliklar tanlovini e’lon qilamiz.

Tanlov shartlari juda oson. Unda siz harbiy bo‘lgan oila a’zolaringiz, yaqin qarindoshlaringiz, qo‘shnilar yoki boshqa ushbu soha vakillarini samimiy va noodatiy tarzda tabriklagan jarayoningizni videotasvirga olib, tabrik yakunida o’zingizni to’liq tanishtirgan holda “Vatanga sadoqat – muqaddasdir” tanlovi uchun maxsus so‘zlari bilan yakunlashingiz va  https://t.me/adtitanlovbot  ushbu bot orqali videoroligingizni yuborishingiz kerak bo’ladi.

Tanlov nizomi asosida saralangan videoroliklar    institutning rasmiy Telegram sahifasida ADTI.uz  berib boriladi va ularga qoldirilgan “like”lar soni hisoblangan holda tarzda g’oliblar aniqlanadi.

G’oliblar:

1-o‘rin 1 nafar – bazaviy stipendiyaning 3 barobari va I darajali diplom;

2-o‘rin 2 nafar – bazaviy stipendiyaning 2 barobari va II darajali diplom;

3-o‘rin 3 nafar – bazaviy stipendiyaning 1 barobari  va III darajali diplom bilan taqdirlanadilar.

Yuqoridagilarni o’qib, “Ha, men buni uddalay olaman. Bu tanlov aynan men uchun biroq, tanlov muddati qachon yakunlanadi?” degan savol hayolingizga kelgan bo’lsa, sizga shoshilishni tavsiya qilamiz.

Mazkur tanlov joriy yilning 11-yanvaridan boshlab, 15-yanvar soat 19:00ga qadar davom etadi.  17-yanvar  9:00ga qadar videoroliklarga yig’ilgan “like” lar tanlov hay’ati tomonidan hisoblab chiqiladi.

Tanlov uchun sifatli va g’oliblikka munosib videoroliklarni tayyorlashni maqsad qilgan bo’lsangiz quyidagi tanlov nizomi bilan batafsil tanishib chiqing!

Vatanga sadoqat – muqaddasdir tanlov Nizomi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!