alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DIQQAT TANLOV!

15:48 04.02.2023

Institutimizning adabiyot va badiiy o‘qishga qiziqishi baland bo‘lgan talaba-yoshlari, sizlar uchun ajoyib yangilik tayyorladik.

Sizlarni O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamda Andijon davlat tibbiyot instituti hamkorligida buyuk bobokalonlarimiz Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kunlariga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan “Ikki buyuk daho” nomli g‘azalxonlik chellenjida ishtirok etishga taklif etamiz.

Chellenj shartlari juda oddiy. Buning uchun siz Alisher Navoiy yoki Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub, o‘zingiz tanlagan g‘azalni ifodali ijro etgan holda video tasvirga tushirasiz hamda uni @adtitanlovbot orqali bizga yuborasiz.

Hakamlar hay’ati tomonidan saralangan video materiallar institutimizning rasmiy ADTI.uz Telegram kanali hamda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining rasmiy Telegram va Facebook sahifalarida berib boriladi.

Tanlov yakunida 3 nafar eng yaxshi g‘azal ijrochilari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan taqdirlanadi.

Eslatib o‘tamiz, chellenjga ijodiy ishlaringizni qabul qilishning so‘nggi kuni: 2023-yil 9-fevral.

Ma’lumot uchun, hakamlar hay’ati tomonidan baholashda videoning sifati, ijroning tiniqligi va aniqligiga alohida e’tibor beriladi. Saralashdan o‘tmagan video materiallar yuzasidan ma’lumot berilmaydi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!