DOG‘ISTON DAVLAT TIBBIYОT UNIVERSITETI PROFESSORI MARAT GADJIMURADOV ANDIJON DAVLAT TIBBIYОT INSTITUTIGA KELDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DOG‘ISTON DAVLAT TIBBIYОT UNIVERSITETI PROFESSORI MARAT GADJIMURADOV ANDIJON DAVLAT TIBBIYОT INSTITUTIGA KELDI

17:10 03.12.2018

Andijon davlat tibbiyot instituti bilan Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti o’rtasidagi o’zaro  hamkorlik aloqalari kundan kunga rivojlanib bormoqda.
2018- yil  3- dekabr kuni  Rossiya   Federatsiyasi  Dog‘iston  davlat tibbiyot universiteti  professori, tajribali venerolog Gadjimuradov  Marat Nurmagomedovich  Andijon davlat tibbiyot institutiga  tashrif buyurdi. Dog‘istonlik yetakchi mutaxassisni institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori P.Asxanov, dermatovenerologiya kafedrasi mudiri A.Paqirdinov, kafedra dotsenti F.Hamidov va boshqalar samimiy kutib oldilar.  Institut xalqaro aloqalar bo‘limida  professor M.Gadjimuradov  bilan yurtimizda olib borilayotgan izchil islohotlar, o‘zgarishlar, jumladan ADTIdagi o‘quv-uslubiy, ilmiy- amaliy ishlar, chet tillarini o‘rganish, aholiga  tibbiy xizmat ko‘rsatish  borasidagi  ishlar xususida do‘stona va qiziqarli suhbat bo‘lib o‘tdi.



Shundan so‘ng, dog‘istonlik  mutaxassis  ADTI simulyatsion markazida bo‘lib, u yerdagi shart- sharoitlar, trenajyor va mulyajlar, talabalarning amaliyot mashg‘ulotlardagi ishtiroki bilan yaqindan tanishdi.




Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti professori  M.Gadjimuradovning Andijonga safari  joriy yilning 6-dekabrgacha  davom etadi. Uning ishtirokida professor-o‘qituvchilar, Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti shifokor-tinglovchilari, magistrlar, klinik ordinator va  talabalar uchun  ma’ruzalar, mahorat darslari va bemorlar ko‘ruvi o‘tkaziladi.
 

Skip to content Click to listen highlighted text!