alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DOG‘ISTON SAFARI: UCHRASHUVLAR, HAMKORLIK SHARTNOMALARI, NAVRO‘Z TANTANALARI

12:14 23.03.2023

Andijon davlat tibbiyot instituti vakillari va Andijon, Qo‘rg‘ontepa Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari, Baliqchi hamda Xo‘jaobod tibbiyot kollejlari direktorlari Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti va uning qoshidagi tibbiyot kollejida xizmat safarida bo‘ldilar.

Safar davomida taʼlim sifatini oshirish, tibbiy taʼlim bo‘yicha yangiliklar o‘rganildi, ulardan kelib chiqqan holda bajariladigan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Bundan tashqari texnikum va tibbiyot kollejlari o‘rtasida Qo‘shma taʼlim dasturlarini ochish bo‘yicha shartnomalar imzolashga kelishib olindi.

O‘zbekistondan borgan xodimlarimiz Dog‘iston davlat tibbiyot universitetida Navro‘z bayrami munosabati bilan talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdilar. Tadbir doirasida turli millat vakillari bo‘lgan talabalar tomonidan o‘ziga xos milliy taomlar tanlovi o’tkazildi.

Shuningdek, mazkur taʼlim muassasasida tahsil olib kelayotgan o‘zbekistonlik talabalarning holidan xabar olinib, yashash sharoitlari o‘rganildi. Ular bilan suhbat jarayonida talabalarning savol va murojaatlari tinglandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!