alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DOLZARB MAVZUDAGI YIG‘ILISH

14:36 09.01.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida   prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, klinik ordinator va magistrlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘.Hodjimatov olib bordi.

Yig‘ilish  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  2909-sonli qarori ijrosini ta’minlash,xususan  Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini xorijda malakasini oshirish, stajirovkasini o‘tkazish, yoshlarni doktorantura va magistraturada o‘qishlarini tashkillashtirish masalalariga bag‘ishlandi.

Jumladan, yig‘ilishda  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijda malaka oshirish, stajirovka  o‘tash, magistratura va doktoranturada o‘qish uchun yuborilishi rejalashtirilayotgan nomzodlarning hujjatlarini belgilangan talablar asosida o‘rganish va saralash bo‘yicha ishchi guruhini shakllantirish, nomzodlarning hujjatlarini belgilangan talablar asosida qabul qilishni tashkil etish va hujjatlarni  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi  Bosh ilmiy metodik markaziga taqdim etilishini ta’minlash xususida so‘z bordi. Bu borada vazifalar belgilab olinib, mas’ul xodimlarga topshiriqlar berildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!