Dotsent Sh.Yusupova VIII xalqaro endokrinologlar kongressida qatnashdi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot instituti Gospital terapiya kafedrasi mudiri,dotsent Sh.Yusupova joriy  yilning  22-25 –may kunlari Rossiya Federatsiyasining   Moskva  shahrida bo’lib o’tgan  VIII xalqaro endokrinologlar kongressida ishtirok  etdi.

Xalqaro olimlar ishtirokidagi kongressning  tantanali ochilishida yig’ilish kun tartibi barchaga tanishtirildi.  Kongressda  Rossiya Federatsiyasi   hamda dunyoning bir qator davlatlaridan  yetakchi mutaxassislar qatnashdilar.

Jumladan, Rossiya  Fanlar Akademiyasi akademiklari- I.I.Dedov, G.A.Melnichenko, M.V.Shestakova, professor N.G.Mokrishova;  Italiyadan  professor S.Del-Prato, Kanadadan professor Subodh Verma, AQShdan X.Frias kabilarning qiziqarli ma’ruzalari  kongress ishini yanada qiziqarli o’tishida  ahamiyat kasb etdi.

Anjumanda  endokrinologiyaning  hozirgi zamondagi dolzarb muammolari  yuzasidan  qiziqarli ma’ruzalar tinglandi. Kongress doirasida  “Qalqonsimon bez kasalliklari va komorbid holatlar”, “Homiladorlik va endokrinopatiyalar”, “Poliorgan zararlanish bilan kechuvchi  autoimmun endokrinopatiyalar ”, “Qandli diabet 2 – turini oldini olish choralari ”, “Qandli diabet 2- turi va semizlik  rivojlanishida mikrobiotlarning roli, korreksiyalashning mumkin bo’lgan yo’llari” kabi mavzularda  simpoziumlar  o’tkazildi.

Qatnashchilar   yetakchi olimlar  tomonidan o’tkazilgan taqdimotlar bilan tanishdilar hamda o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.      

616