alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

EKO PARKDA BAYRAM TADBIRLARI

10:50 20.12.2021

EKO PARKDA BAYRAM TADBIRLARI

Andijon yoshlarining so‘lim maskaniga aylangan Eko parkda Yangi yil bayrami shodiyonalari boshlandi. Go‘zal va ertaknamo archa atrofi barchani birdek bag‘riga chorlamoqda. 19-22-dekabr kunlari Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha prorektor v.v.b S.Salohiddinov, Davolash fakulteti dekani B.Mamatov, tyutorlar, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi H.Qo‘chqorov hamda talabalar mzkur tadbirda faol ishtirok etdilar.

Quvnoq kuy-qo‘shiqlar, betakror raqslar guldastasini taqdim etgan institutimiz faollari hush kayfiyat ulashishni maqsad qildilar. Bayram sayliga chiqqan yoshlar tashkil etilgan turli viktorina va qiziqarli o‘yinlarda qatnashdi, g‘olib bo‘lganlar esa sovg‘alarga ega bo‘ldi.

Bu kabi tadbirlar yana davom etadi. Keling, yoshlar Siz ham biz bilan birga bo‘ling!