alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

EL SOG‘LIGI – YURT BOYLIGI

18:11 18.11.2019

  Aholi salomatligini mustahkamlash va malakali mutahassislar ko‘rigini joylarda tashkil etish bo‘yicha Andijon viloyatining Izboskan tumani Cho‘ngbog‘ish MFYda joylashgan 29-QOPda Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan  chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Ko‘rikda Andijon davlat tibbiyot institutining 12 ta mutahassisliklardan iborat 21 nafar hodimlari ishtirok etishdi. Ishchi guruh tomonidan tumanning 785 nafar aholisi tibbiy ko‘rikdan va 284 nafari chuqurlashtirilgan ko‘rikdan o‘tkazilib kerakli maslahat va yordamlar berildi.

Ko‘rik vaqtida kasallik aniqlangan davolanishi lozim bo‘lgan 31 nafar aholiga viloyat DPMlariga, 14 nafariga tuman shifohonasida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi. Shuningdek ushbu tadbirda 94 ta UTT, 76 ta EKG tekshiruvlari o‘tkazilib lozim bo‘lganlarga mutahassis ko‘ruvi va maslahati berildi. Ko‘rik vaqtida MFYning 6 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolariga uylarida tibbiy hizmat ko‘rsatilib kerakli tavsiyalar berildi.

Ushbu tadbir davomida aholi tibbiy madaniyatini oshirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4063-sonli Qarorida ilgari surilgan masalalar, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha aholi o‘rtasida seminar o‘tkazilib kasalliklar va ularni oldini olish bo‘yicha bukletlar tarqatildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!