alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

EL SOG‘LIGI –  YURT BOYLIGI

17:01 07.01.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6110-son Farmoni va “Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4891 sonli Qarori ijrosi bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot institutining 12 turdagi mutaxassislar (onkolog, akusher-ginekolog, pediatr, neyroxirurg, nevropatolog, otorinoloringolog, kardiolog, terapevt, dermatovenerolog, travmatolog, urolog, endokrinolog)dan iborat professor-o‘qituvchilari tomonidan Qo‘rg‘ontepa tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.  Ushbu jarayonda tumanning 214 nafar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazilishi lozim bo‘lgan aholisiga xizmat ko‘rsatilib kerakli tavsiyalar berildi.




Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot institutiga amaliy uslubiy yordam uchun biriktirilgan Andijon shahrining 7-Oilaviy poliklinikasiga qarashli Sarvontepa MFYda institutning 14 nafar professor-o‘qituvchilari 156 nafar va joyida ko‘rish lozim bo‘lgan 15 ta xonadondagi 64 nafar mahalla fuqarolarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib kerakli tavsiya va yordamlar ko‘rsatishdi.



Ushbu tadbirlar davomida aholi o‘rtasida shaxsiy gigiena, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sog‘lom ovqatlanish tamoyillari, jismoniy faollik, zararli odatlarga berilmaslik bo‘yicha targ‘ibotlar  o‘tkazildi.

                                                                 Davolash (amaliyot) bo‘limi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!