alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

El-yurtga sidqidil bilan xizmat qilamiz

16:44 14.10.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori professor Madaminjon Madazimovning talabalar bilan bu galgi an’anviy uchrashuvi stomotologiya fakultetining 2-kurs talabalari bilan o‘tdi. Institut rektorining talabalar bilan uchrashuvida  o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Aziquov, stomotologiya fakulteti dekani D.To‘lanov va fakulteti mas’ul xodimlari ishtirok etdilar. Rektor dastavval, talabalarni o‘quv jarayonidagi o‘zgarishlar, yangiliklar bilan tanishtirib o‘tdi.

Rektor Axborot-resur markazidagi mavjud imkoniyatlardan unumli foydalangan talabalar yaxshi yutuqlarga erishishi mumkinligini eslatib o‘tdi. Talabalarni yangi keltirilgan elektron darsliklar, elektron ta’limni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar bilan tanishtirib o‘tdi. Bu imkoniyatlardan unumli foydalanyotgan institut jamoasi bugungi kunda o‘z nufizi bilan 40 dan ziyod xorijiy tibbiy muassasalar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatganligini e’tirof etdi. Tibbiyot yo‘nalishidagi xalqaro yangiliklar bilan tanishtirib o‘tdi.

ADTI rektori M.Madazimov 2-bosqich talabalar bilan o‘tkazgan uchrashuvi davomida tibbiyot instituti talabalari kiyinish madaniyatiga qat’iy amal qilishlari zarurligini ta’kidlab o‘tdi va ularni 5 muhim tashabbus bo‘yicha o‘z iqtidorlarini namoyish etishlariga chaqirdi. Talabalarga institut an’analari, ichki tartib-qoidalari bilan qisqacha tanishtirib o‘tdi. Institutning vazifasi jahon talablariga javob bera oladigan malakali tibbiy xodimlar tayyorlash ekanligini eslatib o‘tar ekan, buning uchun institutda yaratilgan shart-sharoitlarni aytib o‘tdi.

Rektor M.Madazimov har birimiz o‘zligimizni unutmasligimiz, o‘zbek degan nomga dog‘ tushurmasligimiz zarurligi ta’kidlab o‘tdilar. ADTI 2-bosqich talabalari institut rektori bilan o‘tgan samimiy uchrashuv davomida xorijiy aloqalar, chet tillarini o‘rganish, shartnoma to‘lovlari xususidagi  o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va yetarlicha javoblar olishdi. Uchrashuv ishtirokchilari bo‘lgan 2-bosqich talabalari kelgusida malakali shifokor bo‘lib el-yurtga sidqidil bilan xizmat qilishga ahd qildilar.

ADTI axborot xizmati

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!