E’LON. KLINIK ORDINATURAGA QABUL BOSHLANDI.

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2020/2021 o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga  hujjat topshiruvchi shifokorlar !

         O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 16 iyuldagi 190-sonli buyrug‘i asosan Koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq pandemiya sharoitida 2020/2021 o‘quv yili qabulida hujjat topshiruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ro‘yxatdan o‘tish jarayoni onlayn tarzda institutning rasmiy veb-saytining   ko.adti.uz platformasi orqali  amalga oshiriladi. Hujjatlar 22 avgust sanasigacha qabul qilinadi.

Quyidagi  hujjatlar PDF shaklida topshiriladi:

  1. Institut rektori nomiga klinik ordinaturaga tanlovda ishtirok etish to‘g‘risidagi arizasi.
  2. Passport doimiy yashash joyi ko‘rsatilgan beti bilan.
  3. Oliy ta’lim muassasasini tugatganlik to‘g‘risidagi diplom va uning baxolar ilovasi
  4. Mehnat daftarchasining xar bir beti.  

Chet el va Mustaqil Davlatlar Hamdustligi mamlakatlari oliy ta’lim muassasalarini o‘qib bitirgan shifokorlar oliy ta’lim muassasasi tomonidan berilgan diplomga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan nostrifikatsiya qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnoma ham topshirilishi so‘raladi.

O‘zbekiston Respublikasi  Hukumati va Rossiya  Federatsiyasi  Hukumati o‘rtasidagi  ta’lim, malaka va ilmiy darajalarni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitimga muvofiq  2019 yil 30 may sanasidan so’ng  tugatgan  bitiruvchilar, va dunyoning top 1000 taligiga kiruvchi  oliy ta’lim muassasasalari bundan mustasno.

Hurmatli  klinik ordinaturaga hujjat topshiruvchi shifokorlar !

Klinik ordinatura (rezidentura)ga 2020-2021 o‘quv yili qabuli uchun ma’lumotlarni onlayn tarzda qayd etish jarayonida hujjatlarni qalbakilashtirish va noto‘g‘ri rasmiylashtirish holatlariga yo‘l qo‘ysangiz, kirish imtixonlaridan ijobiy natijalarga ega bo‘lgan taqdirda ham o‘qishdan chetlashtirilishingiz haqida ogohlantiramiz.

Qabul hayati 

748