alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarining 2020/2021 o‘quv yiliga tayyorgarligi muhokama qilindi

15:38 09.12.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimov raisligida institut huzuridagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarining 2020/2021 o‘quv yiliga tayyorgarligi masalasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor v.v.b. B.Abdullajonov,  davolash ishlari bo‘yicha prorektor B.Mirzakarimov, Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari bo‘ycha mas’ul H.Sapioxunova, Bo‘z, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod tumanlari va Andijon shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari rahbarlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda texnikumlarda pandemiya sharoitida o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha ishchi guruhi va shtablar tashkil etish, o‘quv jarayonlarini boshlash muddati va shaklini belgilash, farzandlari o‘qishga qirgan ota-onalarning fikrlarini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazish, o‘quv reja va dasturlari, texnikum va institut o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimov Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarining o‘qituvchilari va institut professor-o‘qituvchilari nazariy va amaliy yo‘nalishlarda muntazam muloqotda bo‘lishlari zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!