alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

ADTI klinikasida murakkab yurak va qon-tomir xastaliklarida tashrixlar o‘tkazilmoqda

17:44 17.04.2019

Kuni kecha Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi direktori akademik F.G.Nazirov rahbarligida tibbiyot fanlari doktori, professor F.Sh.Baxriddinov va U.A.Murotovlardan iborat bir guruh  tajribali  mutaxassislar Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasiga tashrif buyurdilar.      Shu kuni soha  mutaxassislari ADTI klinikasi umumiy jarrohlik kafedrasi va 2-xirurgiya bo‘limida bo‘lishib, bu yerda davolanayotgan bemorlar bilan suhbatlashdilar hamda o‘zlarining kerakli tavsiya va maslahatlarini berdilar.

Shuningdek, ular ishtirokida bo‘limda uzoq vaqt davomida davolanib kelayotgan, respublika tibbiyot markazlariga borishga imkoni bo‘lmagan, ijtimoiy  himoyaga muhtoj bemorlarda va  yosh bolalarda  murakkab yurak va qon-tomir xastaliklari bo‘yicha tashrixlar o‘tkazildi.

Tashrix jarayonida akademik F.Nazirov, F.Baxriddinov, U.Murotovlar hamda ADTI klinikasi 2-xirurgiya bo‘limi umumiy jarrohlik kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent S.Z.Salohiddinov, bo‘lim mudiri, tibbiyot fanlari doktori A.L.Qosimov, tibbiyot fanlari doktori, professor H.T.Musashayxov, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent B.X.Matkarimov, tibbiyot fanlari nomzodi, kafedra assistenti A.Sh.Turg‘unovlar qatnashdilar.
Murakkab yurak va qon-tomir xastaliklarida olib borilayotgan tashrixlar muvaffaqiyatli o‘tmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!