alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

ADTI talabalar turar joyi yangi qiyofada !

19:04 19.08.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalar turar joyi yangi o`quv yili oldidan kundan-kun chiroy ochib, talabalarning chinakam dam olish uyiga aylantirilmoqda.

Yaqindagina qurilish-ta`mirlash ishlari nihoyasiga yetkazilgan bo`lsa, endilikda chor-atrofni saranjom-sarishta qilish, foye va xonalarni tayyorlash ishlari qizg`in olib borilmoqda. Yotoqxona binosiga kiraverishdagi foyega ajoyib landshaft-dizayn asosida favvora o`rnatildi. Yam-yashil maysazor ustidagi favvora har bir tashrif buyurgan kishiga yaxshi kayfiyat baxsh etsa, akvariumdagi turfa xil baliqlar ichki xotirjamlik bag`ishlaydi.

Foyega dam oluvchilar uchun televizor va stol- stullar ham qo`yildi.

Kutubxona oldidagi sayroqi qushlar javoni tabiatsevar yoshlarning e`tiborini tortib, jonli tabiatga mehrini oshiradi. Tabiiy gullar va devordagi badiiy lavha-kartinalar ona tabiat va hayot go`zalligini o`zida ifoda etadi.

Dekorativ ko`rinishdagi, nafosat va go`zallik olamiga boy bu talabalar yotoqxonasi – ularning eng sevimli, qadrdon va badiiy-estetik zavq beradigan maskaniga aylanib qolishi, shubhasiz.

Talabalar turar joyida yaha bir qulaylik. Yotoqxonaning uchinchi qavatida Psixologik xizmat markazi tashkil etilgan bo`lib, unda talaba va xodimlarda shaxsiy, oilaviy hamda o`quv jarayoniga bog`liq bo`lgan muammolarni bartaraf etish uchun sharoitlar yaratildi. Institut psixologi O`. Arziqulov tomonidan haftaning har seshanba va juma kunlari murojaat etuvchilarning takliflari o`rganilib, psixologik treninglar olib boriladi.
Bunday qulayliklar, shinam va ko`rkam manzaralarni ko`rgan kishi ijod qilmasdan, o`zini baxtiyor sezmasdan qo`ymaydi. Talabalar turar joyidagi barcha sharoit va qulayliklar ertamiz egalari, oltin davr sohibi-yu sohibalari bo`lgan yoshlarimiz uchundir.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!