alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari Milliy gvardiya hayoti bilan tanishdilar

15:28 12.12.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti tibbiy profilaktika yo‘nalishi talabalari ikki tomonlama hamkorlik rejasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Andijon viloyati boshqarmasiga tashrif buyurdilar.

Tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishi mas’uli S.Xolmirzayeva hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi A.Mahammetovalar rahbarligidagi talabalar guruhi harbiylarimiz uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.


Harbiy qism saf maydonida qurol-aslaha va harbiy texnikalar ko‘rgazmasi, milliy gvardiyachilar tomonidan tayyorlangan harbiy-jangovar ko‘rgazmali chiqishlar talabalarda katta taassurot qoldirdi.

O‘z o‘rnida institut xodimlari harbiy yigitlarimizni ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi yangiliklar, yangi qabul qilingan Farmon va Qarorlar mazmun-mohiyati bilan tanishtirdilar.

Talabalarning O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Andijon viloyati boshqarmasiga qilgan tashriflari  navqiron avlod qalbida Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini yanada yuksaltirish, ularni bir maqsad atrofida birlashtirishda alohida o‘riga ega bo‘ldi.

O‘.Arziqulov,

ADTI Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i v.v.b

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!