alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Bo‘lg‘usi shifokorlarning Andijon davlat tibbiyot institutiga sayohati

17:01 11.12.2020

Mamlakatimizda ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibor bois, yoshlarimizda ilm-hunar o‘rganishga, oliy ta’lim dargohlariga o‘qishga kirishga qiziqish yildan-yilga ortib bormoqda. Ta’lim islohotlarida maktab o‘quvchilarini oliy ta’limga jalb etish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Maktablar va oliy ta’lim muassasalari hamkorligi yoshlarning komil insonlar bo‘lib kamol topishlari uchun juda zarurdir.


Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan Izboskan tumanidagi 47umumta’lim maktabining direktori Dilshodbek Ismanov rahbarligida  maktabning 11-sinf o‘quvchilari – Diyora Sobirjonova, Madinaxon Abdurahimova, Moxinur Mahmudovlar institutga tashrif buyurdilar. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad yoshlarni oliy ta’limga jalb etish bilan birga, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, kasb-hunarga mehr uyg‘otish, turli diniy oqimlar ta’siriga tushib qolishlarini oldini olishga qaratilgan.


Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi bo‘lishga ahd qilgan o‘quvchilarni pediatriya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari K.Baydullaev rahbarligida bir guruh professor-o‘qituvchilar kutib olishdi.
O‘quvchilar dastlab institut faesidagi ko‘rgazmalar orqali institut tarixi, o‘quv jarayoni, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, institut jamoasi erishayotgan yutuqlar bilan tanishdilar.


Shundan so‘ng, institutning simulyatsion o‘quv markazi, muzeylari bilan yaqindan tanishdilar. O‘quvchilar institut, shifokorlik kasbiga oid savollariga mutaxassislar, talabalar tomonidan  yetarlicha javoblar oldilar.
Bo‘lg‘usi shifokorlar Andijon davlat tibbiyot institutiga qilgan sayohati yakunida  institut jamoasiga minnatdorchilik bildirdilar.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!