alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

“Madhiyamiz – g‘ururimiz”

17:58 10.12.2020

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi har birimizning qalbimizga milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, maftunkor va betakror yurtimizga mehr uyg‘otadi. Madhiyamizda xalqimizning o‘tmishi, buguni va kelajagi, orzu-o‘yi, maqsadi mujassam.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot insituti Talabalar turar joyida “Madhiyamiz – g‘ururimiz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda ma’naviyat va ma’rifat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i v.v.b O‘.Arziqulov so‘z olib O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi 1992-yil 10-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlanganligi, davlatimiz Madhiyasiga  ehtirom bilan qarash har birimizning vatanparvarlik burchimiz ekanligi xususida so‘z yuritdi.
Shundan so‘ng Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar  jo‘rovozlikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini kuyladilar.

Bayram tadbir davomida davlash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari U.Karimov O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, ularning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirda so‘z olgan talabalar davlatimiz madhiyasi yangrab, bayrog‘imiz boshimiz uzra hilpiraganda, ozod Vatanimizga nisbatan qalbimizning tub-tubida g‘urur paydo bo‘lishi, faxr-iftixor hissi jo‘sh urishi haqida fikrlar bildirishdi.

“Madhiyamiz – g‘ururimiz” shiori ostida o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy tadbiri ishtirokchilari istiqlolimizni, yurtimizning kuch-qudrati, xalqimizning aql-zakovati, ajdodlarimizning shon-shuhrati va avlodlarimizning yorug‘ kelajagini sharaflovchi Madhiyamiz asrlar osha baralla yangrayverishini alohida e’tirof etdilar.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!