alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Maqsadimiz – el sog‘ligi

13:09 05.12.2020

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish, stomatologik kasalliklarni profilaktikasi, ularni patronaj xizmat va profilaktik ko‘riklar bilan qamrab olish maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutining yetakchi olimlari tomonidan Jalaquduq  tumanidagi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklari davom etmoqda.

ADTI Fakultet stomatologiya va stomatologik kasalliklar propedevtikasi kafedrasi xodimlari tomonidan tumandagi “Beshkapa” va “Sharxonchek” MFYdagi axolining stomatologik  kasalliklar bo’yicha chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Ko‘rik davomida xonadonlarda tug‘ma nuqson bilan tug‘ilgan bolalar bilan uchrashuv va tibbiy maslahat berildi. Shuningdek, aholiga sog‘lom turmush va sog‘lom ovqatlanish tamoyillari bo‘yicha targ‘ibot, “Sog‘lom ona va sog‘lom bola – kelajak poydevori” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Zilolaxon Xakimova

ADTI Fakultet stomatologiya va stomatologik kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!