alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Men – Yangi O‘zbekistonning egasiman!

15:21 07.12.2020

Bugun qalbim to‘la hayajon, quvonch, ulkan-ulkan orzular. Chunki, shaxsan mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich, viloyatimiz hokimi, Andijon davlat tibbiyot instituti rahbariyati tomonidan biz yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, g‘amxo‘rliklardan har qancha quvonsak, munavvar manzillar sari dadil odimlasak arziydi. Yoshlarga berlayotgan keng imkoniyatlarni birgina institutimiz misolida – o‘zim misolimda to‘lqinlanib, baralla aytgim kelmoqda.

Men Andijon shahrida, shifokorlar oilasida tug‘ilganman. Oilamizdagi qizg‘in suhbatlar, hayajonli lahzalar tufayli bolaligimdan o‘zimni fakat tibbiyot soxasida ko‘rganman. Doimo insonlarning shifo topishiga sababchi bo‘lishni xoxlaganman. Shu sababdan maktabni tugatib tibbiyot kollejiga o‘qishga kirdim.

Tibbiyot kollejini 2016-yil muvaffaqiyatli tamomlab Andijon davlat tibbiyot institutining kasbiy ta’lim yo‘nalishiga grant asosida o‘qishga qabul qilindim. Bu mening oilam uchun judayam katta yutuk bo‘ldi, u kunni xaligacha xayajon bilan esga olaman.


1-kursdan boshlab Andijon davlat tibbiyot instituti umumiy jarroxlik kafedrasi ilmiy to‘garagida qatnashib muntazam ravishda nazariy, va amaliy bilim, ko‘nikmalarimni boyitib kelmoqdaman. Mashg‘ulotlar oldidan oq xalat kiyar ekanman qalbimni doimo qandaydir hayajon, g‘urur, faxr qurshaydi.


Hozir 5-kursda taxsil olayapman. Ustozlarimning amaliy ko‘maklari bilan ko‘plab respublika va halqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda o‘zimning ilmiy yo‘nalishdagi ma’ruzalarim bilan faol ishtirok etib, bir qator yutuqlarga erishdim. Har bir yutug‘imda jarroxlik kafedrasining malakali, yuqori salohiyatga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilari, jumladan Sarvarjon Zaynobiddinovich Salaxidinov,  Farida Daminovna Ikramova, Eduard Aleksandrovich Vasilevskiy va institutning talabalar ilmiy jamiyati raisi Maxfuza Maksimovnalarning xizmatlari beqiyos.

Erishgan yutuqlarimni hisobga olib 2020-yil 17-noyabr – Talabalar kuni munosabati bilan “Andijon viloyati hokimi stipendiyasi” bilan taqdirlandim. Bu men uchun cheksiz quvonch bahsh etdi. Quvonchimga quvoonch qo‘shib, 2020-yil 26-27 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent Davlat stomatologiya instituti tomonidan tashkil qilingan “Tibbiyot Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida Halqaro onlayn olimpiada”ning xirurgiya yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etib faxrli birinchi o‘rinni egalladim.
Aziz yurtdoshim, shu vaqtgacha erishgan yutuqlarimning asosiy yurtimizdagi tinchlik, hotirjamlikdir. Men mana shunday farovon yurtda tug‘ilganimdan cheksiz baxtiyorman.
Yurtboshimizning hamisha qo‘llab-quvvatlashlari, ustozlarimning mehri, ota-onamning duolari,  akam, ukam bilan bahtim to‘kisdir.

Bugun qalbim to‘la hayajon, quvonch, ulkan-ulkan orzular, cheksiz baxt. Yana shuni ishonch bilan aytamanki,  bugungi yutuqlarim bilan to‘xtab qolishni xohlamayman, xali oldinda bundan-da katta marralar bor! Chunki Men – Yangi O‘zbekistonning egasiman!

Durdonabegim Zaynobiddinova,

ADTI 5-kurs talabasi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!