alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

“Pedagogika. Psixologiya” fanidan masofaviy ma’ruza

15:28 13.12.2018

Andijon davlat tibbiyot instituti “Tillar, pedagogika va psixologiya” kafedrasi Toshkent pediatriya tibbiyot  instituti  “Chet tillari, pedagogika va psixologiya” kafedrasi professor-o’qituvchilari bilan masofaviy ta’lim tizimini birinchi bor yo’lga qo’ygan holda  on-line tarzda “Psixologiya” fanidan ma’ruza o’tkazishdi. Masofaviy  ma’ruzani   Toshkent pediatriya tibbiyot  instituti  “Chet tillari, pedagogika va psixologiya” kafedrasining  dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi Shohista Sanaqulovna Shoimova “Jamoa, guruh, muloqot va shaxslararo munosabat psixologiyasi” mavzusida Andijon davlat tibbiyot instituti pediatriya fakulteti va kasb ta’limi yo’nalishi 2-bosqich talabalari o’rtasida o’qidi. Masofaviy ma’ruzada   “Tillar, pedagogika va psixologiya” kafedrasining mudiri, dotsent L.S.Hudayberdiyeva, katta o’qituvchilar M.M.Qo’ziboyeva, M.R.Axunova, Z.M.Rahmatovalar ishtirok etishdi.

Talabalar ma’ruza davomida shaxslararo munosabat ko’rinishlari, muloqot va uning turlari, muloqot shakllari, guruh va jamoa psixologiyasi haqida ma’lumotlarga ega bo’lishdi. Berilgan ma’lumotlar rangli taqdimotda o’z aksini topganligi mavzuning tushunarli bo’lishiga asos bo’ldi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!