alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Shukronalik dilda mujassam

13:14 07.10.2019

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo. Erta tongdan kimdir to‘yga, kimdir o‘z ish joyiga, yoshlar sevimli o‘quv maskaniga shoshadi – hammaning o‘z yumishi, shirin tashvishlari bor, har bir yurtdoshimiz dilida shukronalik mujassam. Andijon davlat tibbiyot institutining hafta avvalidagi ana’anaviy “Shukronalik” tadbirining kuzatar ekanmiz hayolimizdan yuqoridagi fikrlar o‘tdi. Institut asosiy binosida o‘tkazilgan ertalabki retual – “Shukronalik” tadbiri avvalida institut psixologi O‘tkirbek Arziqulov talabalar kayfiyatini bilish, hamda ularning o‘quv jarayoniga moslashish ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida suhbat o‘tkazdi.

Shundan so‘ng tadbirga mas’ullik qilayotgan xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi Ahmadjon Abdullayev so‘zga chiqdi va tinchlik ne’mati, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar – qurilish, bunyodkorlik ishlarining asosi tinchlik, hotirjamlik ekanligini ta’kidlab o‘tdi. A.Abdullayev tinchlikka rahna solushga intiluvchi kuchlar har qanday g‘arazlikdan qaytmasligi xususida fikr bildirar ekan, bugungi kunda internet tarmog‘idagi har qanday fikr – xabarga tahlil, mulohaza bilan munosabat bildirish zarurligini uqtirib o‘tdi. Har qanday ma’lumot, xabar ham haqiqat bo‘lavermasligi, ishonchli va xolis axborot bilan yolg‘on xabarni ajrata olish har birimizning bilimimiz, dunyoqarashimizga bog‘lik ekanligi xususida fikr bildirdi.

“Shukronalik” tadbirida so‘z olgan xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi Sherzodbek No’monov talabalarni ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangiliklar bilan tanishtirib o‘tdi.Institut klinikasida  “Shukronalik” tadbiri Nevrologiya kafedrasi tomonidan o’tkazildi. Tadbida davolash fakulteti dekani B.Mamatov, yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari U.Karimov va nevrologiya kafedrasining professor –o’qituvchilari ishtirok etdilar. Tadbir davomida  aytib o’tilgan yangiliklar, samimiy tilaklar dillarga ezgulik, yaxshilik urug‘ni tashlab, qalblarni shukronalik xissiga to‘ldirdi.

“Shukronalik” tadbiri bilan boshlangan hafta mazmunli va samarali bo‘lishiga ishonamiz.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!