alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ENDI BITIRUVCHI KURS TALABALARI AMALIYOT O‘TASH BAROBARIDA ISHLAYDILAR HAM

20:11 09.12.2021

ENDI BITIRUVCHI KURS TALABALARI AMALIYOT O‘TASH BAROBARIDA ISHLAYDILAR HAM

Ilmiy kengashlar zalida Andijon davlat tibbiyot instituti bitiruvchilarini ishga taqsimlash yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi. Unda viloyat hokimligining yoshlar siyosatini ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari O‘.Shukurov, viloyat hokimligining yoshlar siyosatini ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha kotibiyat mudiri E.Xolmirzayev, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakillari, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida Tibbiyot OTMning bitiruvchi kurs talabalari doimiy yashash joylaridagi tibbiyot muassasalarida amaliyot o‘tashlari belgilab berildi. Mazkur Qaror ijrosi yuzasidan institutning bitiruvchi kurs talabalari yashash joylaridagi oilaviy poliklinikalarga biriktirildi. Shu bilan bir qatorda viloyat oilaviy poliklinakalarida Umumiy amaliyot shifokori lavozimi uchun 118 ta bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lganligi sabablari amaliyot o‘tashlari uchun jo‘natilayotgan talabalar Umumiy amaliyot shifokori bo‘lib ham faoliyat olib boradilar.

Bitiruvchi talabalarning birma-bir ro‘yxati shakllantirilib, ular shahar, tumanlardagi poliklinikalarning mutaxassislariga shu joyning o‘zida biriktirildi. Qolgan bitiruvchi talabalarning ham ro‘yxati shakllantirilib, ularning ish joylari bugunning o‘zida aniqlashtirilib, o‘z faoliyatlarini boshlashlari rejalashtirilmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!