“ENDOUROLOGIYA” YO‘NALISHI BO‘YICHA QABUL QILINGAN TINGLOVCHILARNING ISH JARAYONLARI O‘RGANILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“ENDOUROLOGIYA” YO‘NALISHI BO‘YICHA QABUL QILINGAN TINGLOVCHILARNING ISH JARAYONLARI O‘RGANILDI

15:19 10.02.2025

Ma’lumki, Andijon davlat tibbiyot instituti Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti Endoxirurgiya, endourologiya, oftalmologiya va stomatologiya kafedrasi hamda Namangan shahrida joylashgan “Andrologiya-N” xususiy klinikasi o‘rtasida shartnoma tuzilgan. Unga ko‘ra, klinikada Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetining “Endourologiya” yo‘nalishi bo‘yicha qabul qilingan tinglovchilarga kerakli sharoitlar yaratilgan.

 

Bugun, 10-fevral kuni fakultet dekani X.Tursunov rahbarligida mazkur sharoitlar yaqindan o‘rganildi. Unda klinikaning yetakchi mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi, bugungi kunda endourologiya sohasining rivoji, vrachlarni tayyorlash, kadrlar malakasini oshirish, har ikki muassasa o‘rtasida hamkorlikni yanada takomillashtirish bo‘yicha rejalar belgilab olindi.

Shuningdek, tinglovchilar bilan ham suhbat olib borilib, ularga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi va ish jarayonlari o‘rganildi.

Skip to content