alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ENG BAXTLI OILA

15:28 16.05.2022

Ba’zan yoshlarning hech bir sababalarsiz, shunchaki gap-so‘zlar tufayli shirin oilalarini barbod etayotgan bir paytda otaxon va onaxonlarimizning ahil oila qo‘rg‘onlari barcha uchun o‘rnak bo‘la oladi. “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” loyihasi doirasida Andijon davlat tibbiyot instituti Patalogik fiziologiya kafedrasi dotsenti Qahramon Chartakov hamda Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Halima Chartakovalarning oilasida uchrashuv o‘tkazildi. Unda Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova, Stomatologiya fakulteti dekani o‘rinbosari X.Mahmudov, tyutor S.Tadjbibayeva ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida ustozlar ibratli hayot yo‘llari, samarali mehnat faoliyatlari borasida so‘zlab berdilar. Ahil oila bo‘lib yashash sirlari, er-xotin munosabatlari, farzand tarbiyasida nimalarga ahamiyat qaratish lozimligi haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar yoshlarimizni oila va hayotda o‘z o‘rnilarini topishlariga xizmat qiladi.