alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“ENG YAXSHI KITOBXON KO’RIK-TANLOVI”DA ISHTIROK ETING VA PUL MUKOFOTINI QO’LGA KIRITING!

13:07 16.09.2022

Oliy ta’lim vazirligi tomonidan barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida “Eng yaxshi kitobxon ko’rik-tanlovi” o’tkaziladi.

Tanlov bosqichlari quyidagi tartibda olib boriladi:

  • “Eng bilimdon kitobxon” sharti. Bunda, tanlov ishtirokchilari o’rtasida 50 ta savoldan iborat test sinovi o’tkaziladi.
  • “Annotatsiya mahorati” sharti. Bunda, ishtirokchi tomonidan “Men yoqtirgan asar” nomi ostida o’zi sevib o’qigan asar bo’yicha qisqacha ma’lumotlar – annotatsiya beriladi.
  • “Kitobxonlik va mutolaa madanioyatini keng targ’ib etish” sharti. Bunda, ishtirokchi tomonidan kitobxonlik va mutolaa madaniyatini targ’ib etish jarayoni amalga oshiriladi.

Ushbu tanlovning yakuniy baholari yuqoridagi shartlar natijalari bo’yicha to’plangan ballarni qo’shish (25+25+50: jami 100 ball) orqali aniqlanadi.

Tanlov besh bosqichda o’tkaziladi:

  • oliy ta’limda fakultetlararo bosqichi;
  • oliy ta’lim muassasasi bosqichi;
  • oliy ta’lim muassasalararo bosqichi;
  • hududiy saralash bosqichi;
  • yakuniy respublika bosqichi;

Yakuniy bosqich g’oliblari Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining diplomi, gul va quyidagi miqdordagi pul mablag’lari bilan rag’batlantiriladi:

1-o’rin – 3 500 000 (uch million besh yuz ming) so’m;

2-o’rin – 2 500 000 (ikki million besh yuz ming) so’m;

3-o’rin – 1 500 000 (bir million besh yuz ming) so’m.

Буйруқ 149 26.04.2022

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!