alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“PROFILАKTIK TIBBIYOTDА YUQORI INNOVАTSION TEXNOLOGIYALАRNI QOʼLLАSH” MАVZUSIDАGI ILMIY-АMАLIY ONLАYN АNJUMАNGА MАRHАMАT!

17:23 17.05.2021

2021-yil 11-12-iyun kunlari Аndijon davlat tibbiyot institutida “Profilaktik tibbiyotda yuqori innovatsion texnologiyalarni qoʼllash” mavzusida Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi rejasiga kiritilgan, hamdoʼstlik mamlakatlar olimlari ishtirokida Respublika ilmiy-amaliy onlayn anjuman boʼlib oʼtadi.

Аnjuman mavzulari:

  1. Ichki kasalliklarning oldini olishda yangi innovatsion texnologiyalar. Kardiovaskulyar va noinfeksion kasalliklarning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi. Yurak-qon tomir yetishmovchiligi asoratlarining medikamentoz davolash, farmakoepidemiologiyasini va farmakoiqtisodiyoti.
  2. Shoshilinch va rejali jarrohlikda asoratlarni prognozlash, profilaktikasi va innovatsion texnologiyalar bilan bilan davolash.
  3. Oilada oʼtkir va surunkali kasalliklarning profilaktikasiga zamonaviy qarashlar. Bolalar va oʼsmirlar kasalliklarini erta tashxislash va davolash. Аyollar ginekologik kasalliklarini zamonaviy tashxislash va davolash.
  4. Mediko-biologik fanlar: muammo va yechimlar.

Barchangizni ilmiy-amaliy onlayn anjumanga taklif etamiz.