alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Fan va ta’limni rivojlantirishda yoshlarning o‘rni”

13:41 25.11.2019

Joriy yilning 22-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-fevraldagi №133-F sonli farmoyishining 2-ilovasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida “Fan va ta’limni rivojlantirishda yoshlarning o‘rni” mavzusida Respublika miqiyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik anjuman bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda Andijon davlat tibbiyot insitutining bir nechta talabalari muvaffaqiyatli ishtirok etidi.

Jumladan: Anasteziologiya va reanimatologiya yo‘nalishi, 2-bosqich magistri Sh.Sh.Ahmadaliev hamda kasbiy ta’lim yo‘nalishi 5-bosqich talabasi J.J.Umurzakovlar “Eng yaxshi innovatsion g‘oya muallifi” nominatsiyasi soxibi bo‘ldi.
Davolash fakulteti 3-bosqich talabasi X.G‘.Olimjonov va  kasbiy ta’lim yo‘nalishi 5-bosqich talabasi I.P.Ziyaev “Eng yaxshi ma’ruza muallifi” nominatsiyasi,  pediatriya fakulteti 3-bosqich talabasi A.A.Abdurashidov “Eng yaxshi maqola muallifi” nominatsiyasi sohibi bo‘lishdi. Davolash fakulteti 3-bosqich talabasi M.D.Po‘latov, stomatologiya, pediatriya fakultetlari 3-bosqich talabalari A.S.Yuldoshev, A.A.Azimov, E.O.Tulyakovlar anjumanning “Sertifikat”i bilan taqdirlandilar.

Bugun barchamizga ayon, ilm-fan, ta’lim, san’at turlarini rivojlantirishda yoshlarimiz alohida o‘rnini egallashmoqda. Bu yo‘lda ularga yanada ulkan yutuqlar tilaymiz.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!