alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT KUZATUV KENGASHINING “ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”GI 3-YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.

22:41 12.08.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-60-son hamda 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-61-son qarorlari ijrosi yuzasidan institut Kuzatuv kengashining “Andijon davlat tibbiyot instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari, Kuzatuv kengashi raisi J.Abruyev, kengash a’zolari  Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy tekshirish instituti direktori F.Turayev, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi iqtisodiy tahlil va uslubiyat boshqarmasi bosh mutaxassisi D.Asatullayev onlayn, qolgan kengash a’zolari, institut rektori M.Madazimov, prorektorlar, bo’lim boshliqlari  offlayn tarzda qatnashdilar. Kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi, muhokama qilinib tasdiqlandi.

Yig’ilish davomida Andijon davlat tibbiyot instituti boshqaruv, o’quv-uslubiy, xizmatchi xodimlari hamda professor-o’qituvchilari faoliyatini (KPI) o’rganish va baholash mezonlari tizimini joriy qilish tartibi to’g’risidagi nizomi atroflicha tushuntirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!