Farg‘ona davlat universiteti va Andijon davlat tibbiyot instituti  o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Shartnoma imzolandi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019-yil 2-fevral  kuni Farg‘ona davlat universiteti rektori R.Maqsudov  boshchiligidagi  professor-o‘qituvchilardan iborat guruh   Andijon  davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdilar.

Dastlab mehmonlar institut o‘quv xonalarida yaratilgan sharoitlar, simulyatsion o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdilar, o‘zaro suhbatlashdilar.

Shu kuni Farg‘ona davlat universiteti rektori R.Maqsudov hamda   Andijon davlat tibbiyot instituti rektori  M.Madazimov  har ikki oliygoh o‘rtasida  2019-2022-yillarda   ilmiy-tadqiqot  va  ilmiy-pedagogik  kadrlar tayyorlash sohasi  bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi Shartnomani imzoladilar.

Mazkur  hamkorlikda o‘quv sohasidagi barcha ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun davlat ta’lim standartlari hamda malaka talablari, o‘quv rejalari, fan dasturlarini ishlab chiqish, malakali professorlarni  ta’lim jarayoniga jalb qilish, har ikki oliygoh yetakchi professor-o‘qituvchilarini ma’ruzalar o‘qishi, attestatsiya imtihonlarida ishtiroki, ularni doktorlik dissertatsiyasiga(doktorlik yoki PhD)  ilmiy rahbar  yoki ilmiy maslahatchi sifatida jalb etish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, hamkorlikda  ilmiy –tadqiqot ishlarini olib borish, o‘quv adabiyotlari yaratish, anjumanlar o‘tkazish, xorijiy jurnallarda  maqolalar chop ettirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda va eksperimental tadqiqotlarda hamkorlik qilish, iqtidorli talabalarni  tadqiqotlarga jalb etish, o‘quv jarayonini  tashkillashtirishda, me’yoriy huquqiy hujjatlar bilan ta’minlashda  o‘zaro ko‘maklashish yo‘nalishlari ham ko‘rsatilgan.

Kelgusida ushbu hamkorlik shartnomasi har ikki oliy ta’lim muassasalari faoliyatida, xususan, ilmiy–pedagogik kadrlar tayyorlashda  muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, tez kunlarda har ikki oliygoh kafedralari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatiladi va professor-o‘qituvchilar o‘zaro tajriba almashadilar.

                                                                   ADTI matbuot xizmati

573