2019-yilning 13-14 may kunlari Toshkent Farmatsevtika institutida farmakologiya (umumkasbiy) fanidan talabalar Respublika fan olimpiadasining 2- bosqichi o‘tkazildi. Unda Respublika tibbiyot oliygohlaridan 10 ta jamoa ishtirok etdi. Olimpiadani institut rektori I.I.Alimjanov ochib berdi va barcha jamoaga omad tiladi.
Olimpiada jarayoni Nizomda ko‘rsatilgan talablarga javob bergan holatda o‘tkazildi. Olimpiada yakunida institut rektori g‘oliblarni e’lon qildi. Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi Oyatullo Ibroximov 2-o‘rinni egalladi.