alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Faxriy ustozning ma’ruzasiga tashrif

12:40 24.02.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti Institutning maruzalar zaliga tashrif buyurdik. U yerda ichki kasalliklar propedeftikasi kafedrasi professori , tibbiyot fanlari doktori, ustoz Odiljon Salohiddinov davolash fakultetining 2-kurs birinchi potok talabalariga “Nafas tizimidagi bemorlarni tekshirish usullari” mavzusida ma’ruza o’qiyotgan ekan . Zal talabalar bilan to’lgan . Maruza mul’timediya materiallaridan keng foydalanilgan va hayotiy misollar bilan boyitilgan holda o’qilmoqda edi. Talabalarning fikr-yodi maruzani tinglashda. Maruza tugagach, talabalar bilan maruza haqida suhbatlashdik. Bu semestrda, bu potokda ustozning ikkinchi maruzasi ekan. Shunday bo’lsada, talabalar fikricha, ustoz birinchi maruzasidayoq talabalar ko’nglidan joy olib bo’lgan ekan .

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Ma’lumki , har yili institutning nazorat inspeksiyasi talabalarga maxsus anketa tarqatib, uning savollariga javob yig’adi . Anketada “ Qaysi pedagoglarning maruzalari maroqli , ravon va tushunarli o’qiladi?” degan savol bor. Bu savolda ustoz O. Salohiddinovning familiyasi doimo keltiriladi. Biz bugungi maruzada qatnashgach, bunga o’zimiz ham guvoh bo’ldik .
Ustoz O.Salohiddinov institutimizda yarim asrdan ziyod faoliyat ko’rsatmoqda. Institutimizning ko’plab yosh kafedra mudirlari, dotsent va assistentlari ustozning maruzalaridan bahramand bo’lishgan. Ular ham ustoz o’qigan maruzalarni ijobiy baholaydilar va ustozni har bir maruzaga ma’suliyat bilan tayyorlanishini ta’kidlaydilar.
Biz ustoz O. Salohiddinovga mustahkam sog’lik , ijodiy faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Kozimjon Baydullaev,

ADTI pediatiriya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!