Feruzabonuning g‘alabasi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Feruzabonu Bazarova Andijon davlat tibbiyot instituti davolash fakulteti 5-kurs talabasi. Iqtidorli bu talaba hozirda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun o‘tkazilayotgan tanlovning respublika bosqichiga chiqdi.

Izlanuvchan Feruzabonu “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi”  III respublika tanlovining Andijon viloyat bosqichida “Homilador ayollarda davolovchi gimnastikani keng targ‘ibot qilish” mavzusidagi loyihasi bilan ishtirok etdi. Loyihaning dolzarbligi va mukammaligi uchun tanlovning “Iqtidorli qizning innovatsion g‘oyasi”  nominatsiya g‘olibi bo‘ldi va tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

Feruzabonu Bazarovani tanlov g‘olibalari qatori Andijon viloyat xokimi o‘rinbosari Manzuraxon Yunusova diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi va yanada ulkan yutuqlar tiladi. Biz ham Andijon davlat tibbiyot instituti 5-kurs talabasi Feruzabonu Farxodjon qizi Bazarovaga yangi-yangi g’alabalar tilab qolamiz.

 ADTI axborot xizmati

187