alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Foydali va samarali video-anjuman

15:59 24.09.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti  1-akusherlik-ginekologiya kafedrasi mudiri tibbiyot fanlari doktori, dotsent D.B.Asranqulova va kafedra xodimlari tashabbusi bilan Isroil davlatidan  xalqaro olim  Isroil davlati Beer-Shyeva universiteti professori va Negevadagi Ben Gurion nomidagi tibbiyot universitetining homiladorlik va UTT tibbiyoti kafedrasi professori Asher Bashiri ishtirokida xalqaro ilmiy-amaliy  video-anjuman o‘tkazildi.
Anjumanda Andijon davlat tibbiyot instituti 1- va 2-akusherlik-ginekologiya kafedrasi, Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetining akusherlik va ginekologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari, magistratura  va klinik ordinatura talabalari va viloyat perinatal markazining akusher-ginekologlari   qatnashdilar.

Video-anjumanni 1-akusherlik-ginekologiya kafedrasi mudiri tibbiyot fanlari doktori, dotsent D.B.Asranqulova ochib berdi. Professor Asher Bashiri  “Homila tushish xavfi va odatlangan homila tashlash profilaktikasida didrogesteronni qo‘llash” mavzusida ilmiy ma’ruza o‘qidi. 1-akusherlik-ginekologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, dotsent D.B.Asranqulova “Homila ko‘tara olmaslikni prognozlash” mavzusida ma’ruza o‘qidi. 2-akusherlik-ginekologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent X.N.Negmatshayeva “Xomila ko‘tara olmaslik – bu ijtimoiy-tibbiy muammo” mavzusida, Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti Akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent O.A.Yakubova “Reproduktiv salomatlikni zamonaviy qarashlari” mavzusida ma’ruzalar o‘qidi.
Anjuman yakunida ishtirokchilar professor Asher Bashiriga mavzuga oid qiziqtirilgan savollarini berishdi. Xorijlik olim berilgan savollarga misollar bilan javoblar berdi.
Video-anjuman ikki tomon uchun ham foydali va samarali bo‘lganiga ishonamiz.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!